«xizmat avtomobillari» tegli maqolalar


Sirdaryoda hokim va hokim o‘rinbosarlariga 16 ta Tracker xarid qilish rejalashtirilmoqda
14 iyul 2023, 17:52

Sirdaryoda hokim va hokim o‘rinbosarlariga 16 ta Tracker xarid qilish rejalashtirilmoqda

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 4 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamalar portaliga qo‘yildi.

Bundan 100 yil avval o‘zbekistonlik amaldorlarning xizmat avtomobillari qanday bo‘lgan?
13 dekabr 2022, 12:00

Bundan 100 yil avval o‘zbekistonlik amaldorlarning xizmat avtomobillari qanday bo‘lgan?

Mercedes, Toyota, shuningdek, Chevrolet’ning premium modellari - bugun o‘zbek amaldorlari suyib foydalanadigan avtomobillar. Bir asr avval hozirgi O‘zbekiston o‘rnida bo‘lgan Turkiston Respublikasi amaldorlari-chi, ular qanday mashinalardan foydalangan? Tarixchi Sharofiddin Hoshimjonov maqolasi - shu haqda.

«Asossiz xabarlar». Ekologiya qo‘mitasi rahbari to‘rtta xizmat mashinasidan foydalanishiga munosabat bildirildi
15 avgust 2022, 10:57

«Asossiz xabarlar». Ekologiya qo‘mitasi rahbari to‘rtta xizmat mashinasidan foydalanishiga munosabat bildirildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbari to‘rtta — «Mercedes», «Toyota 200», «E-bora» va «Volkswagen ID-6» xizmat mashinasidan foydalanishi rad etildi. Qo‘mita matbuot xizmati ushbu «xabar asossizligi», avtomobillarning faqat ikkitasi Narzulla Oblomurodovga biriktirilganini ma’lum qildi.

Chust hokimligining xizmat mashinalari jarima maydonchasiga qo‘yildi
28 dekabr 2021, 10:40

Chust hokimligining xizmat mashinalari jarima maydonchasiga qo‘yildi

Chust tuman hokimligining uchta avtomobili OAVdagi maqolalardan so‘ng yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘planib qolgani sababli jarima maydonchasiga qo‘yildi. Jami 42 ta bayonnoma tuzilgan bo‘lib, jarimalarning umumiy qiymati 20,7 mln so‘mni tashkil etadi. Ayrim qoidabuzarliklar 2018 yilda sodir etilgan.

Mercedes`dan Cadillac`gacha: amaldorlar qanday mashinada yurishadi?
7 dekabr 2021, 15:00

Mercedes`dan Cadillac`gacha: amaldorlar qanday mashinada yurishadi?

«Gazeta.uz» yirik vazirlik va idoralarning xizmat avtomashinalari parkini tahlil qilib, mamlakatning yuqori martabali amaldorlari qanday avtomobillardan foydalanishini aniqladi. Vazirlar orasida Mercedes-Benz, ularning o‘rinbosarlari orasida esa Malibu va Captiva eng ommabop avtomobil bo‘lib chiqdi. Hokimlar eng ko‘p Toyota avtomobillarida yurishar ekan.

Sud raislari uchun 10,1 mlrd so‘mga Kodiaq va Malibu avtomobillari xarid qilindi
10 iyun 2021, 17:20

Sud raislari uchun 10,1 mlrd so‘mga Kodiaq va Malibu avtomobillari xarid qilindi

Viloyat sudlari raislari uchun 26 ta Skoda Kodiaq va 3 ta Malibu avtomobillari xarid qilindi. Avtomobillar narxi 10,1 mlrd so‘mga teng deya baholanmoqda. Oliy sudning izohlashicha, oldingi xizmat avtomobillarining «yaroqlilik muddati o‘tgan, shuningdek ular ma’naviy va jismoniy jihatdan ham eskirgan».

UZB, ZDF raqamli davlat idoralari avtomobillari ham jarimaga tortiladi — IIV
15 dekabr 2020, 17:45

UZB, ZDF raqamli davlat idoralari avtomobillari ham jarimaga tortiladi — IIV

Matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xatamov UZB, ZDF va boshqa raqamli davlat idoralari avtomobillari ham jarimaga tortilishini ma’lum qildi. U shuningdek, YPX xodimlari vazirlik va davlat idoralariga tegishli avtomashinalarda qoida buzilganida nega to‘xtatilmasligiga ham oydinlik kiritdi.

Xizmat avtotransportlariga GPS-navigatorlarini o‘rnatish taklif etilmoqda
13 avgust 2020, 13:10

Xizmat avtotransportlariga GPS-navigatorlarini o‘rnatish taklif etilmoqda

Transport vazirligi rasmiy avtomashinalarga GPS-navigatorlar o‘rnatish va yillik cheklov o‘rnatish taklif etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting